Shanba, 23:40. Xaridor oʻrta qavatdagi ikki xonali kvartiraning narxini soʻraydi va eng yaxshi holda «ish vaqtida savdo boʻlimiga qoʻngʻiroq qiling» degan javob oladi. Dam olish kunlari u yana uchta TJMga yozadi va narxni birinchi aytgan joyga koʻrikka boradi. Bunday xaridor savdo hisobotiga tushmaydi: egasi uning boʻlganini ham bilmay qoladi.
Bu yerda bot-anketa yordam bermaydi: u ism va telefonni yigʻadi, lekin na boʻsh kvartirani, na uning narxini ayta oladi. Biz savdo boʻlimining tungi smenasini yoʻlga qoʻyamiz: u narxlar roʻyxatingiz asosida aniq javob beradi, koʻrik vaqtini kelishadi, issiq xaridorni darhol menejerga uzatadi, chegirmalar, ipoteka hisob-kitobi va shartnomani esa odamlarga qoldiradi. CRM asosiy tizim boʻlib qoladi: maʼlumotlar unga API, eksport yoki menejerga kartochka orqali tushadi — usulni tahlil paytida tizimingizga qarab tanlaymiz.